Tadbirga poytaxtning me’mor va dizaynerlari taklif etildi, ular uchun noodatiy barbekyu kechasi tashkil etildi. Kechaning noodatiyligi shunda ediki, barbekyu Bette nemis fabrikasi ishlab chiqargan vannalarda pishirildi.
Shourumga kirishda barbekyu hududi tashkillashtirildi, u yerda oshpazlar mehmonlarga vannada tayyorlangan go‘shtni tatib ko‘rishni taklif etishdi. Vannaga solingan ko‘mir harorati 350 gradusdan ziyodroq bo‘ldi. Bette fabrikasi vannalari o‘zining Germaniya sifati bilan ajralib turadi, panentlangan noyob BetteGlasur® qoplash texnologiyasi olovga bardoshli va boshqa materiallarga qaraganda uzoqroq xizmat qiladi. Yonayotgan shamlar sirlangan titanli po‘latdan bo‘lgan vanna yuzasiga zarar yetkaza olmaydi. BetteGlasur®'ning siri noyob qoplama qatlamida, u marmar yoki oddiy po‘latdan mustahkamroq. Bunday namoyishning o‘ziga xosligi shundaki, hattoki shunday ta’sirdan keyin ham vannani oddiy yuvish vositalari bilan tozalash oson va u yangidek ko‘rinishini saqlab qoladi. Tadbirda viktorina tashkil etilib, aynan shu vanna yutuqqa qo‘yildi. Tanlov g‘olibasi Bette vannalari mexanik, jismoniy, kimyoviy ta’sirlarga chidamli ekaniga va hattoki olov bilan ta’sir ko‘rsatilganda ham o‘zining asl holatini yo‘qotmaganiga shaxsan guvoh bo‘ladi.
Vannani suyuq azot va muz bilan to‘ldirish shousi mehmonlarga shuni ko‘rsatdiki, vanna -197 gradusga sovitilsa ham, u hech qanday zarar ko‘rmaydi. Aytish joizki, BetteGlasur® qoplamasi nihoyatda mustahkam. U kosmetika vositalari va vannalar uchun qo‘shimchalarga bardoshli. Hattoki tirnoqlar laki ham vanna siri ustida hech qanday iz qoldirmaydi, shishadek qattiq va g‘ovakchalarsiz BetteGlasur® qoplamasi iflosliklar va bakteriyalar to‘planishiga qarshilik ko‘rsatadi. Fabrika o‘z mahsulotidan foydalashin uchun qulaylik yaratadi va sirpanishga qarshi “BetteAntislip” kabi qo‘shimcha opsiyalarni o‘rnatishni taklif etadi. “BetteAntislip” — bu sirpanishning oldini oluvchi eng zamonaviy yutuq. Mikroskopik relef tufayli ishqalanish effekti paydo bo‘ladi va suv bilan aloqaga kirishganda faollashadi. Kattalar va bolalar xavfsizligi haqida xavotir olmasa ham bo‘ladi, qoplama har qanday sirpanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga, BetteGlasur® yuzasining silliqligi va yarqirash effekti saqlanib qoladi.
Bette kompaniyasi mijozlarga o‘z mahsulotlari uchun 30 yillik kafolat beradi.
Shourumda mehmonlar nafaqat sifati, balki ajoyib dizayni, shakllar turfa xilligi va ranglar jilosi bilan ajralib turuvchi Bette mahsulotlarining keng lineykasi bilan batafsil tanishdilar.
KS Lux O‘zbekiston hududida Bette fabrikasining rasmiy distribyutori hisoblanadi. Kompaniyaning maqsadi — xaridorlarga faqatgina eng yuqori jahon standartlariga javob beruvchi Yevropada ishlab chiqarilgan sifatli mahsulotlarni taqdim etish.