KS Academy

Mutaxassislar tayyorlash

Kompaniyamiz O‘zbekistonda premium toifasidagi pardozlash materiallarining yirik distribyutori hisoblanadi va nafaqat butun Respublika bo‘ylab, balki qo‘shni mamlakatlarga ham mahsulotlar yetkazib beradi.

Qurilish sohasi keskinlik bilan rivojlanib bormoqda va qurilish maydonlarida sifatli xizmat ko‘rsata oladigan, asosiysi, birinchi navbatda ob’ektlarning xavfsizligi va texnologikligiga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshira oladigan professional kadrlarga muhtoj.

KS Group kompaniyasining ustuvor vazifalaridan biri — quruvchilarni yangi texnologiyalarga o‘qitish va ularni mamlakatimizga kirib kelayotgan zamonaviy mahsulotlar bilan tanishtirish.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hamda qurilish bozorining sertifikatlangan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida kompaniya ustalar akademiyasi — KS Academy'ni ta’sis etishga qaror qiladi.

Bugungi kunda ustalar maktabi muvaffaqiyatli tarzda ta’lim berib bormoqda va qurilish sohasidagi professionallarni yetishtirmoqda. Usta va quruvchilarni o‘qitish KS Academy hududida qulay sharoitlarda, muhimi, kursni muvaffaqiyatli tamomlash uchun barcha zarur materiallar taqdim etilgan holda olib borilmoqda.

Akademiyaning noyobligi shundaki, istalgan pudratchi, quruvchi, usta, nazorat va ekspluatatsiya xizmati sertifikatlangan ta’lim kurslarida o‘qigan holda o‘z bilim va malakasini oshirishi mumkin.

KS Academy'da o‘qish kim uchun foydali bo‘ladi?

Qurilish sohasi xodimlariga
  • mahsulotlar bilan ishlashning barcha bosqichlarini egallash,
  • qurilishda innovatsion va texnologik yechimlarni qo‘llash bo‘yicha bilimlar olish,
  • murakkab mahsulotlar bilan ishlash
Qurilish kompaniyalari boshqaruvchilariga
  • qurilish ob’ektidagi ishlar auditi,
  • premium toifasidagi mahsulotlarni jalb qilish orqali o‘z biznesida yangi zamonaviy yechimlarni qo‘llash
Endi boshlagan ustalarga
  • Sifatni oshirishga qaratilgan ustalik asoslarini o‘qitish
  • yangi bilimlarni olish va ularni qo‘llash
KS Academy'ning afzalligi nimada?

Akademiyaning har bir kursi nazariy bilimlardan tashqari, muayyan bir mahsulot yoki uni qo‘llash texnologiyasini batafsil namoyish qilishga oid amaliy qismni ham o‘z ichiga oladi. O‘qitishga bunday yondashuv tufayli mutlaqo har bir ishtirokchida olingan bilimlarni mustahkamlash va o‘z mahoratini charxlash, shuningdek, u yoki boshqa mahsulot bilan ishlashda ish sifatini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘qish so‘ngida ustalar maktabining har bir ishtirokchisi KS Academy kursini tamomlagani haqida sertifikatga ega bo‘ladi.

loading map...
Xabar jo‘natish