COLORHUB — bu shunchaki boʻyoqlar supermarketi emas, balki u oʻz uyi, ofisi yoki istalgan boshqa makonni nihoyatda yorqin va shinam qilishga intiluvchi barcha uchun ilhom manbayidir. Sizlarga har bir mahsulot gʻoyalar va dadil tajribalarning cheksiz ummoniga yoʻl ochuvchi supermarketlar tarmogʻimizni taqdim etishdan mamnunmiz.
Orzungiz sari ilk qadam
Tarmogʻimizning birinchi doʻkoni Mirzo Ulugʻbek tamani, Katta Darhon koʻchasi, 23-uy manzilidagi Global Stroy savdo markazida o‘z eshiklarini ochdi. Bu yerda siz eng yaxshi brendlar taqdim etgan boʻyoqlar, dekorativ suvoqlar va boʻyoqchilik asbob-uskunalarining keng assortimentini topasiz.
Sifatdan ilhom oluvchi brendlar- COLORIFICIO VENEZIANO: Italiya brendi, boʻyoq va dekorativ suvoq ishlab chiqaruvchisi. Dekorativ boʻyoqlar, jilolar va teksturalarning turfa xilligi uyingizda ijod qilish uchun yangi imkoniyatlarni kashf etadi.
- RENNER: Sanoat va kraft mebeli uchun ishonchli, zamonaviy va texnologik qoplamalar. Interyer uchun suv asosidagi Renner Italia boʻyoqlari oʻzida yuqori sifat va ekologik xavfsizlikni uygʻunlashtiradi
- INTERRA DECO GROUP: Suv asosidagi yuqori sifatli lak-boʻyoq va dekorativ-pardozlash materiallari sohasida yetakchi ishlab chiqaruvchi. Supermarketimizda BAYRAMIX, PRORAB, Olsta va DECORAZZA kabi brendlar taqdim etilgan.
- MASTER COLOR: Boʻyoqchilik-suvoqchilik asbob-uskunalarini ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya. Master Color asbob-uskunalari Yevropa va Xitoydagi ishlab chiqarish maydonchalarida yuqori sifat standartlariga rioya etgan holda tayyorlanadi..
Rivojlanishimizdagi keyingi qadam — Parkent tumani va Samarqand shahrida yangi doʻkonlar ochilishi. Biz butun Oʻzbekiston boʻylab doʻkonlar tarmogʻini kengaytirib, sizga yaqinroq boʻlishga intilamiz.
COLORHUB'da safimizga qoʻshiling va uyingizni har bir rang va tekstura didingiz va oʻzingizga xos ekani haqida soʻzlovchi noyob hamda ilhombaxsh maskanga aylantiring.