12-, 13- va 14-aprel kunlari Toshkent shahridagi “Anhor” bog‘ida 70 dan ortiq kompaniya, jumladan, KS Group ham ishtirok etgan “Mebel Expo Uzbekistan 2023” 19-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
MebelExpo — bu yog‘ochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish sohasidagi eng yirik ko‘rgazma. Ko‘rgazmada 12 ta davlatdan kompaniyalar ishtirok etmoqda.
Kompaniya 160 kv.m maydonda mebel mahsulotlarining to‘liq assortimentini namoyish eta oldi: Kastamonu MDF panellari, Avstriyaning Grass brendiga mansub mebel mexanizmlari, Biesse va Fimal dastgohlari, Renner mebel bo‘yoqlari, Prolini brendining yashirin eshiklari, shuningdek, mebel fasadi sifatida bemalol ishlatilishi mumkin bo‘lgan materiallar — Laminam keramograniti va Colorificio Veneziano dekorativ suvoqlari.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar mahsulotlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, baho berish, shuningdek, mutaxassislar va brendlarning rasmiy vakillaridan maslahat olish, mahsulotlar haqidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldilar.
Ko‘rgazma yakunida KS Group stendi eng katta stend sifatida Widest Exposition mukofotini qo‘lga kiritdi.