14-iyul kuni KS Lux ko‘rgazma zalida “Мозгобойня” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda Toshkentdagi eng yaxshi dizaynerlar ishtirok etdi.
“Мозгобойня” interaktiv-intellektual o‘yini viktorina shaklida bo‘lib, unda 4 dan 10 kishigacha bo‘lgan jamoalar o‘ynaydi. O‘yin davomida jamoalar bir necha turda ishtirok etishlari va turli yo‘nalishdagi savollarga javob berishlari kerak. O‘yin nafaqat bilimdon odamlarni, balki tezkor reaksiyaga ega, yaxshi mantiqiy fikrlaydigan, shuningdek, turli sohalarni tushunadigan odamlarni o‘zida jamlagani bilan qiziq.
Tadbir 2 bosqichdan iborat bo‘ldi: “Мозгобойня” intellektual o‘yini va “Туц Туц Quiz” musiqiy o‘yini. O‘yin qoidalariga ko‘ra, mehmonlarimiz jamoalarga bo‘lingan holda do‘stona va quvnoq ruhda mantiqiy savollarga javob berdishdi, shuningdek, qo‘shiqlar va ularning ijrochilari nomini topishga harakat qilishdi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi, mehmonlar vaqtlarini chog‘ o‘tkazishdi, g‘oliblar esa tashkilotchilarning kamtarona sovg‘alariga ega bo‘lishdi.