KS Building

Qurilish yo‘nalishi

KS Building

KS Group xoldingining kompaniyalaridan biri bo‘lmish KS Building'ga 2020-yilda yirik qurilish loyihalarini amalga oshirish maqsadida asos solingan. Kompaniya har qanday murakkablikdagi loyihalash, qurilish, loyihalarga hamrohlik qilish, shuningdek, ta’mirlash ishlariga ixtisoslashgan.

O‘zining ikki yillik faoliyati davomida kompaniya anchagina uzun masofani bosib o‘tdi va ulkan tajribalarni qo‘lga kiritdi: biz yirik qurilish brigadalari bilan kelishuvlarga erishdik, malakali xodimlarni sinchkovlik bilan tanlab, qabul qildik, 50 dan ziyod loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdik va bugungi kunga kelib ham xususiy, ham davlat ob’ektlarini amalga oshirib kelmoqdamiz.

KS Building eng yaxshi texnologiyalardan foydalanadi, muvaffaqiyatli tarzda innovatsion yechimlarni qo‘llaydi, xodimlarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratadi, shu tufayli kompaniya o‘z sohasida yetakchilar darajasiga chiqib bormoqda. Asosiysi, o‘z mijozlariga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda!

KS Building — bu ultra-yupqa keramogranit kabi murakkab materiallar bilan ishlashni biladigan hamda murakkab arxitekturaga ega yuqori qavatli binolar qurilishida tajribaga ega professionallar jamoasi.

Qimmatli tajribani yetkazish va yangi texnologiyalarni qo‘llay biladigan professional kadrlarni tayyorlash maqsadida KS Building negizida KS Academy ustalar maktabini yaratish qaror qilingan.

loading map...
Xabar jo‘natish