Shu yilning noyabr oyi oxirida KS GROUP kompaniyasi oʻz hamkorlari va vakillari uchun Yevropaga safar tashkillashtirdi.
Safar dasturi tashriflarga boy bo‘ldi: mehmonlar Laminam, Bette, Colorificio Veneziano, Tubes va Nobili brendlarining markaziy ofislari va zavodlariga tashrif buyurishdi. Mehmonlar uchun maxsus ekskursiyalar tashkillashtirildi, u yerda ishlab chiqarish jarayonlari namoyish qilindi. Shuningdek, mehmonlarda mahalliy korxonalar salohiyati bilan tanishish imkoniyati boʻldi. Kompaniyalarning rasmiy vakillari mahorat darslari oʻtkazishdi, mahsulotlarning noyobligi va afzalliklari haqida soʻzlab berishdi.
Biz barcha safar ishtirokchilariga yaxshi kayfiyat va koʻplab ijobiy taassurotlar uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz!