Profilini — Ukraina va O‘zbekistondagi sohaning eng yaxshi mutaxassislari hamkorligida tashkil etilgan brend.
Mahsulotlar interer uchun kerakli funksional vazifalarni bajaradi va barcha Yevropa sifat standartlariga javob beradi. Profilini mahsulotlarining tekis liniyalari eskirgan karnizlar, zamonaviy bo‘lmagan plintuslar va eshiklarga qaraganda hamisha ustunlikka ega. Brend arsenalida alyuminiy profilidan bo‘lgan ko‘plab mahsulotlar mavjud bo‘lib, siz o‘zingiz uchun yashirin plintuslar, antiplintuslar, soyali choklar, yarishin eshiklar tanlashingiz mumkin. Mahsulotlarning devor va polga zich tutashishi hamda profilga o‘rnatilgan atmosferali yoritish moslamasi intererga noyob va ajib ko‘rinish berishga yordam beradi.Alyuminiyli plintuslar: biz qanday variantdagi plintuslarni sotamiz?
- Qoplamasiz va bo‘yoqsiz. O‘ziga xos metall jilosiga va tabiiy yarim jilosiz qoplamaga ega.
- Bo‘yalgan. Tanlovingizga ko‘ra istalgan rangda taqdim etilishi mumkin. Bu fasl trendi — oq, grafit va qora ranglar. Bo‘yoq intererni boshqa intererlardan ajratgan holda uni turli-tuman ko‘rinishga keltiradi. Metall plintus yuzasining boshqa salobatli ranglari ham serhashamlik muhitini yaratadi. Ofis maydonlarida ishlatilsa esa — o‘zgacha uslub va innovatsion texnologiyalar atmosferasi hosil bo‘ladi.
- Anodlangan plintuslar. Anodlash jarayoni alyuminiy yuzasini tashqi ta’sir omillaridan: havo, elektr toki, shuningdek, vaqtning vayronkor ta’siridan qo‘shimcha himoyalash imkonini beradi. Standart bo‘yicha anodlangan qoplama jilosiz kumushrang ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ammo ushbu jarayonni ma’qul ko‘rishlarining asosiy sababi shundaki, uning yordamida metallar yuzasida kamalakning istalgan ranglaridagi qatlamlar hosil qilish mumkin: mayin yashil rangdan to‘q binafsha ranggacha. Hosil bo‘ladigan metall jilosi estetik jihatdan shunchaki bo‘yalgan detaldan anchagina ustun bo‘ladi.