Vanna xonasi uchun eng yaxshisi
O‘zingiz uchun sirlangan titanli po‘latdan ishlangan vanna xonalariga mo‘ljallangan yuqori sifatli elementlarni kashf qiling — g‘aroyib dizayn va qo‘l ishining yuksak mahorati.Bette tamoyillari
Bette po‘lat yordamida orzularni shakllantiradi va kelajak uchun vanna xonalarini yaratadi. Ushbu maqsad sari ildamlab, kompaniya 1952-yildan buyon vanna xonalari uchun dizaynerlik elementlarini ishlab chiqaradi. Sifatli material, ya’ni titanli po‘latga asoslanib, Delbryuk zavodida vannalar, rakovinalar va oqar shakldagi dush poddonlari yaratiladi.Tabiiylik va hashamat
Odamlar uzoq muddatli narsalarga intiladilar. Shu bois vanna elementlari uchun Bette aynan sirlangan titanli po‘latga urg‘u beradi. Bu tabiiy material nafaqat uzoq xizmat qiladi, balki nihoyatda kichik og‘irlikka ham ega. U po‘lat kabi elastik, shu bilan birga, uning vizual, taktil va gigiyenik xususiyatlari shishaga mos keladi. Bu eskirishga chidamli va mustahkam materialdir. BetteGlasur® maxsus qoplamasi yuzalarni marmar, platik yoki po‘latdan qattiqroq qiladi. Shu bois vanna, rakovina va dush poddonlari qirilish va ultrabinafsha ta’siriga bardoshli. Kovakchalarning yo‘qligi yorqin va gigiyenik yuza paydo bo‘lishiga imkon beradi. Premium sifatga kompaniya 30 yillik kafolat beradi. Yuzalar maksimal mutanosiblikka hamda noyob darajada go‘zal shakllarga ega. Ishlab chiqaruvchi nam qatlamga emal surtishning murakkab uslubidan foydalangan holda maxsus emalning nihoyatda yupqa qatlamini titanli po‘lat korpusi bilan birlashtiradi. 850 gradus haroratda ikki karra pishirish orqali bu birlashma asrlarga tatigulik mustahkam qilinadi.Xotirjamlik
Ko‘zlar xotirjam bo‘lgan joyda qalblar ham xotirjam bo‘ladi. Bizning mahsulotlarimiz g‘ovakchalarsiz yuza va aniq ishlangan shakllar tufayli vanna xonasida yoqimli shinamlik muhitini yaratadi.Chidamlilik
Vanna xonasi uchun elementlarning o‘ziga xosligi nafaqat ularning chiroyli me’moriy shaklida, balki chidamliligi va uzoq muddat xizmat qilishida ham. Harorat, ultrabinafsha va hattoki kislotalar ta’siriga bardoshlilik tufayli ular umrbod xizmat qilishi mumkin.Gigiyenik tozalik
G‘ovakchalarning yo‘qligi yana bir afzallikdan dalolat qiladi: mahsulot premium ko‘rinishda bo‘libgina qolmay, tozalanishi imkon qadar oddiyligi bilan ajralib turadi. Shu bois sizda rohatlanib, dam olish uchun vaqtingiz bemalol bo‘ladi.Bette kelajak uchun ekologik mustahkam elementlarni yaratadi
Kompaniya nafaqat shinamlik uchun mukammal sharoitlar yaratuvchi, balki atrof-muhit va resurslarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni ta’minlovchi mahsulotlarni bozorga olib chiqadi.Shu bois 60 yildan ziyod vaqt davomida Bette o‘z e’tiborini tabiiy mahsulotlarga — po‘lat va shishaga qaratdi. Barcha buyumlar qayta ishlov berishga 100% yaroqli. Ishlab chiqarishda kimyoviy moddalar va eritgichlardan foydalanilmaydi.
Bette buyumlari — bu estetik qadriyatlarning asl ifodasi bo‘lishi bilan bir qatorda, turli ta’sirlarga shunchalik bardoshli va mustahkamki, ular butun umringiz davomida sizga hamrohlik qiladi. ISO 14025 standartiga muvofiq mahsulotning ekologik deklaratsiyasi (EPD) hamda LEED tizimiga muvofiq AQSh ekologik qurilish Kengashi mahsulotlarning nihoyatda ekologik muvozanatda ekanini tasdiqlaydi.