24 fevral kuni Toshkentda KS Lux pardoz materiallarining multibrend shourumi rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Shourum poytaxt aholisiga Italiya, Germaniya va Rossiyada ishlab chiqarilgan sifatli mahsulotlarning keng assortimentini taqdim etadi.
Tantanali ochilish marosimida O‘zbekistondagi xorijiy davlatlar elchixonalari xodimlari, shourum hamkorlari hamda dizaynerlar, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
“KS Lux muvaffaqiyati shundaki, biz ishonchliligi vaqt sinovidan o‘tgan ishlab chiqaruvchilarni doimiy hamkorlar sifatida tanlaymiz. Faqatgina eng yuqori jahon standartlariga javob beruvchi sifatli mahsulotlarni taqdim etish biz uchun muhim”, — deya ta’kidladi KS Lux direktori Bahodir Axrorov.
KS Lux mijozlarga Colorificio Veneziano kabi premium toifasidagi yetakchi Yevropa brendlarining sifatli pardozlash materiallarini taklif etadi. Ushbu Italiya kompaniyasi yarim asrdan buyon dekorativ qoplamalar: travertin, marmarin, venetsiancha suvoq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Colorificio Veneziano'ning o‘ziga xosligi shundaki, bu hamisha osongina yuzaga surtiluvchi va g‘aroyib dekorativ effekt yaratuvchi ekologik toza materialdir.
KZTO brendi 20 yildan ziyod vaqt davomida yuqori sifatli trubasimon po‘lat radiatorlari, pol ichi va pol usti konvektorlarini ishlab chiqarish sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda va ularni dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilmoqda.
Bette kompaniyasi oilaviy korxona o‘laroq Germaniyada tashkil topganiga 70 yildan oshdi. U vannalar, dush poddonlari va rakovinalar ishlab chiqarish sohasida novator bo‘lib, har yili o‘zining innovatsiyalari bilan dunyoni lol qoldiradi.
“Biz Markaziy Osiyo bozoriga chiqishimizni bildirishdan mamnunmiz va bizning birinchi rasmiy shourumimiz O‘zbekistonning poytaxti bo‘lmish Toshkentda ochilgani bizni yanada xursand qiladi. Ishonchim komilki, KS Lux kabi kuchli hamkor bilan birgalikda biz ulkan natijalarga erisha olamiz”, — dedi Bette vakili Maksim Sklyarov.
Italiyada tashkil topganiga 50 yildan ziyod vaqt bo‘lgan Litokol kompaniyasi o‘z mahsulotlarini dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga eksport qiladi. Italiya va Rossiya zavodlari yelimli tarkiblar, choklarni yopish aralashmalari, gidroizolyatsiya materiallari, gruntovkalar, polni tekislash aralashmalari, ta’mir tarkiblari, suvoqlar va boshqa yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Ukraina va O‘zbekistonda sohaning malakali mutaxassislari Profilini brendini yaratishdi. Kompaniya arsenalida yuqori jahon standartlariga javob beruvchi alyuminiy profilidan bo‘lgan mahsulotlar mavjud, masalan: yashirin plintuslar, antiplintuslar, soyali choklar, yashirin eshiklar, yashirin o‘rnatiluvchi karnizlar va boshqalar.
Amétis — 20 yildan oshiq tarixga va dunyoning 66 davlatini qamrab olgan keramogranit eksporti geografiyasiga ega Rossiyada ishlab chiqariluvchi brend. Amétis har qanday loyihani amalga oshirishga, yorqin hayotiy tajribaga oid emotsiya va hissiyotlarning butun gammasini ifoda etishga yordam beradi, turar joy yoki tijoriy maydonda kerakli muhitni yaratadi.