COLORIFICIO VENEZIANO fabrikasi 1974-yilda tashkil topgan va Veneеsiya shaharchasida joylashgan. Venetsiya — bu dekorativ materiallarning asosiy komponenti bo‘lmish Italiya marmari qayta ishlanadigan asosiy joy. Shuningdek, bunday joylashuv fabrikani o‘z sanoati uchun qimmat bo‘lmagan xomashyo bilan ta’minlaydi, bu o‘z navbatida Veneziano dekorativ qoplamalari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarga nisbatan arzonroq qilish imkonini beradi.
Oilaviy fabrika sodiqlik, ochiqlik, an’analarni ardoqlash va doimiy rivojlanib borish tamoyillarini saqlab qolgan bo‘lib, shu tufayli biz Colorificio Veneziano suvoqlarining ajoyib sifati va nafis ko‘rinishidan bahra olishimiz mumkin. O‘z qoplamalarini yaratar ekan, kompaniya tabiiy tosh imitatsiyasi: travertin, marmorin, venetsiancha suvoqlarga alohida e’tibor qaratadi. Faktura va ranglar assortimenti nihoyatda keng bo‘lib, har bir xaridorga maqbul tanlov qilish imkonini beradi. Buning ustiga, Colorificio Veneziano'ning ko‘plab materiallari universal — ular interer uchun ham, eksterer uchun ham mos keladi.
Afzalliklari
Kukunli dekorativ suvoqlarBunday suvoqlar pasta shaklidagi suvoqlarga qaraganda arzonroq. Ularni tashish ham qulay va hamyonbop, negaki og‘irligi kamroq va muzlab qolmaydi. Marmorin turli fraksiyalarda va bazaviy ranglarda taqdim etilgan. Travertinning turli bazaviy ranglari mavjud.
Ipakning turli ko‘rinishlari
Turli dekorativ bo‘yoqlar: murano shishasi; baxmal effekti; sadaf va jilosiz; qum effekti.Noyob mahsulot
AUREA suyuq metalli. O‘z xususiyatlari jamlanmasiga ko‘ra o‘xshashi bo‘lmagan innovatsion Unico qoplamasi.Kolerlash
Turli firmalarning ranglar katalogi bo‘yicha bo‘yoqni qolerlash imkoniyati.Faol qayta aloqa
Fabrika hamisha muloqotga ochiq. Agar sizda mahsulot bo‘yicha istaklar bo‘lsa, uning kam-ko‘stini to‘ldirish yoki yangisini ishlab chiqarish imkoni bor.
Ishlab chiqaruvchi
Barcha materiallar Italiyada yuqori sifatli Yevropa xomashyolaridan ishlab chiqariladi.Ekologik tozalik, xafvsizlik
Mahsulotlarning ekologiklik toifasi: A+, A.


