7-avgust kuni Yapon bog‘ida dasturidan ochiq osmon ostida kino namoyishi ham o‘rin olgan yangi Bette mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga KS Group kompaniyasi bilan hamkorlik qiluvchi Toshkentning yetakchi dizaynerlari taklif etildi. Mehmonlar kechaning iliq muhitidan bahramand bo‘dilar, shuningdek, tez orada o‘z loyihalarida foydalanishlari mumkin bo‘lgan Bette kompaniyasining yangi mahsulotlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, taqdimot davomida mehmonlar ekspozitsiyada taqdim etilgan yangi mahsulotlardan birini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari mumkin edi.
Tadbir davomida taklif etilgan mehmon — yosh rejissyor Ester Sheynfeld sovet davridagi yahudiylarning og‘ir hayoti haqida o‘zining qisqa metrajli filmini taqdim etdi. Bu mehmonlarga taassurot hadya etdi va ular o‘zlari uchun yangi narsalarni o‘rganishga muvaffaq bo‘lishdi.
Tadbir so‘ngida hamkorlarimiz viktorina o‘tkazib, unda brend sovg‘alar o‘ynaldi. Kecha ishtirokchilari bir-birlari bilan samimiy muloqot qilishdi, shinam kechadan mamnun bo‘lishdi