28-fevralda boshlanadigan eng yirik qurilish va interer ko‘rgazmasiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda. Stend ko‘lamlari hayratlanarli: 200 kvadrat metr maydonda biz ikki darajali konstruksiyani — kompaniya tomonidan sotiladigan barcha mahsulotlardan foydalangan holda to‘liq intererni joylashtirishga qaror qildik.
Ishonchimiz komilki, KS Group stendi tashrif buyuruvchilarni nafaqat ko‘lami, balki taqdim etilgan materiallar va mahsulotlar soni bilan ham hayratda qoldiradi.
Eslatib oʻtamiz, Uzbuild har yili o‘tkaziladigan Oʻzbekistondagi eng yirik qurilish va interyer koʻrgazmasi boʻlib, unda qurilish materiallari, ilgʻor texnologiyalar va uskunalar sohasida oʻz mahsulotlarini namoyish etgan holda qurilish bozorining jahon brendlari ishtirok etadi.
Tadbir 28-fevraldan 3-martgacha (10:00 dan 17:00 gacha) boʻlib oʻtadi
Joylashuv: UzExpo centre (2-pavilyon)
Manzil: Amir Temur koʻchasi, 107.
Barchani bizning noyob stendimizga tashrif buyurishga, mahsulotlarimiz bilan tanishishga va uning dizaynidan bahramand boʻlishga chorlab qolamiz.
Koʻrgazmaga tashrif buyurish uchun UzBuild rasmiy saytida roʻyxatdan oʻtish lozim
Roʻyxatdan oʻtish