Samarkand Marathon — 2019-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan xalqaro xayriya marafoni. Bu yil yugurish uchun 3000 dan ortiq ishtirokchi roʻyxatdan oʻtdi.
Tadbirda toʻrt yoshdan boshlab (Kids Run masofasida) va 18 yoshdan katta (21 va 42 kilometr masofada) barcha ishtirok etishi mumkin edi.
Samarkand Marathon 2022'ga kirish toʻlovlaridan tushgan mablagʻ xayriya, xususan, muzeylarni koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun moslashtirishga yoʻnaltiriladi.
28 kishidan iborat KS Group jamoasi 6-noyabr kuni boʻlib oʻtgan yarimmarafonda mamnuniyat bilan ishtirok etdi. Hamkasblarimiz 2 km, 10 km va 21 km masofalardagi yugurishlarda ishtirok etdilar va ularning har birlari oʻz masofalarini bosib oʻtganlari uchun esdalik medallariga sazovor boʻldilar.
21 km masofaga yugurgan sporchilarimiz — Natalya Amzayeva va Dmitriy Shalaginni alohida qayd etish lozim. Bunday insonlar bizning ulkan jamoamizning bir qismi ekani biz uchun sharaf.
Shu bilan birga, biz albatta xodimlarimiz bunday tadbirlarda ishtirok etayotganidan, jamoa ruhini va korporativ imijni qoʻllab-quvvatlayotganidan faxrlanamiz.