KS Lux multibrend shourumi o‘laroq dizaynerlar, ustalar bilan uchrashuvlarga alohida e’tibor qaratadi va ularning faoliyatlarida foydali bo‘ladigan mahorat darslarini tashkillashtiradi.
Masalan, joriy yilning martida Colorificio Veneziano mahsulotlarini qo‘llash va ularning xususiyatlari borasida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kompaniya vakili Andrey Chudyak va bosh dizayner Olga Kuzinskaya nutq so‘zlashdi. Mehmonlarimiz mahsulotning o‘ziga xosligi haqida so‘zlab berishdi hamda uni interer va ekstererda qo‘llashni namoyish qilib berishdi.
Keyin esa Italiyadan taklif etilgan dekorator Nikola Chechin Colorificio Veneziano dekorativ suvog‘ini surtish bo‘yicha mahorat darsini o‘tdi. Dekorativ suvuqni surtishning klassik texnikalari, shuningdek, devorda noodatiy releflar va tasvirlar tushirishning bir qator usullari namoyish qilindi.