LITOKOL — 1968-yilda Italiyada tashkil topgan ishlab chiqarish kompaniyasi. Uning mahsulotlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi. LITOKOL kompaniyasidan qurilish va ta’mirlashga oid kompleks yechimlar — bu sifatli mahsulotlar va zamonaviy texnologiyalarning uyg‘unligi.
Kompaniyaning mahsulotlar assortimentida yelimli tarkiblar, choklarni yopish aralashmalari, gidroizolyatsiya va basseyn qurish mahsulotlari, fasad titizmlari, plitalarni tekislash tizimlari, ta’mirlash tarkiblari, yuzalarni tozalash va himoyalash vositalari va boshqalar mavjud. Muvozanatlangan, aniq tashkil etilgan assortiment portfeli istalgan bosqichda har qanday darajadagi qurilish ishlarini amalga oshirish imkonini beradi.
50 yildan ziyod vaqt davomida LITOKOL o‘z mahsulotlarini 100 dan ortiq davlatda sotadi
LITOKOL zavodining asosiy afzalliklari:- Germaniya va Italiya zamonaviy texnologiya uskunalarini qo‘llash
- Yuqori ishlab chiqarish kuchiga ega zavod
- To‘liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish
- Ko‘p bosqichli sifat nazorati tizimi ishlab chiqarishda jahon standartlarining yuqori darajasiga muvofiqlikni saqlab turish imkonini beradi
- Ulkan silos omborining borligi xomashyo ta’minotida uzilishlar bo‘lganda zavod faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlaydi.
- Ishlab chiqarish maydonlarida aniq o‘ylangan harorat rejimi amal qiladi. Barcha texnologik uskunalar va silos ombori isitiluvchi joylarda joylashtiriladi. Zavodda boshlang‘ich xomashyo komponentlarini yuklash uchun mo‘ljallangan yuqori ishlab chiqarish kuchiga ega havo kompressori ishlatiladi. Bu xomashyoni silosga yuklashda qo‘shimcha quritish va yilning istalgan vaqtida umuman namligi bo‘lmagan quruq aralashmalar ishlab chiqarish imkonini beradi.
- Zamonaviy aspiratsiya tizimi yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytiradi
- Alohida qumni quritish sexi barcha fraksiyalarda qum ishlab chiqarish bilan ta’minlaydi