KZTO kompaniyasi issiqlik uskunalari bo‘yicha bozorining asoschilaridan biri va 25 yildan ziyod vaqt davomida yuqori sifatli po‘lat trubasimon radiatorlar, pol ichi va pol usti konvektorlarini ishlab chiqarish sohasida muvaffaqiiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. KZTO har qanday murakkablikdagi loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun o‘zgacha uslubdagi yechimlarni yaratadi va mijozlarga ularning eng dadil orzularini amalga oshirishda hamda uzoq yillarga xizmat qiluvchi iliqlik, shinamlik va go‘zallik yaratishda yordam beradi.
Bugungi kunda KZTO ishlab chiqarayotgan isitish uskunalari muvaffaqiyatli qo‘llab kelinmoqda:
- Tibbiyot muassasalarida, maktab va bolalar bog‘chalarida
- Kafe va restoranlarda
- Turar joy majmualarida
- Xususiy uy va xonadonlarda
- Ko‘ngilochar markaz va boshqa maskanlarda.


