7-iyul kuni KS Lux shourumi ustaxonasida italiyalik dekorator va Colorificio Veneziano'ning bosh texnologi Nikola Kekinning bepul mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
5 soatli mahorat darsida Nikola Italiya brendi Colorificio Veneziano mahsulotlari, dekorativ suvoqni surtishning turli texnikalari, uning turlari va afzalliklari haqida so‘zlab berdi.
Tadbirda ustalar hamda interer dizaynerlari ishtirok etishdi. Xohlovchilar maxsus xolstlarda suvoq surtish texnikasini mustaqil amalga oshirib ko‘rishdi, tajribali ustalar esa teksturani aniqlikda takrorlab, o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi.