AUROOM Design Talks ning ikkinchi bosqichi nazariyani real tajriba bilan bog‘lovchi amaliy formatda o‘tkazildi. Ma’ruzalar o‘rniga — sinov, ishtirok va jonli tajriba.
Elica — innovatsion tutun so‘rgichlar va pishirish panellari bilan mashhur bo‘lgan Italiya oshxona texnikasi brendi — o‘z mahsulotlarini amalda namoyish etdi. Muhim jihatlardan biri shundaki, taomlarni dizaynerlarning o‘zlari tayyorlashdi, bu esa texnikaning ergonomikasini, quvvatini va dizayndagi uyg‘unligini bevosita sinab ko‘rish imkonini berdi. Oshxona shunchaki ko‘rgazma emas, balki haqiqiy ish muhitiga aylandi.
Ikki kun davomida ikki nonushta va ikki tushlik tashkil etildi. Har bir ovqat vaqtida ishtirokchilar mahsulotlar bilan bevosita ishlash orqali ularni real sharoitda qanday ishlashini his qilishdi.
Shuningdek, quyidagi brendlar taqdim etildi:
-
Bette — Germaniyada ishlab chiqarilgan sirlangan titanli po‘latdan yasalgan vannalar, dush tagliklari va rakovinalar. 30 yillik kafolat va yuqori sifatli nemis ishlab chiqarilishi bilan ajralib turadi.
-
Laminam — yirik formatli keramika yuzalarining yetakchi global ishlab chiqaruvchilardan biri. Ularning mahsulotlari fasadlar, mebel va ichki bezaklarda estetik va texnologik uyg‘unlikni taklif etadi.
AUROOM Design Talks — bu shunchaki ilhomlantiruvchi ma’ruzalar emas. Bu — materiallar bilan ishlash, detallarni muhokama qilish va jarayonning o‘zida bevosita ishtirok etish. Bunday format dizaynerlarga mahsulotni chuqurroq tushunish, uni real hayotda qanday ishlashini baholash va professional fikr almashish imkonini berdi.
- AUROOM Design Talks ikkinchi bosqichining ishtirokchilari — dizaynerlar, me’morlar va brend hamkorlari — samimiy va professional muhitda jam bo‘lishdi.
- Italiya brendi Elica innovatsion oshxona tutun so‘rgichlari va texnikalarini taqdim etdi — ishtirokchilar ularni pishirish jarayonida shaxsan sinab ko‘rishdi.
- Ikki kun davomida — ikki nonushta va ikki tushlik, dizaynerlar tomonidan tayyorlandi. Oshxona haqiqiy g‘oyalar va amaliy yechimlar laboratoriyasiga aylandi.
- Bette, Laminam va Elica brendlari estetikadan tortib amaliyotgacha bo‘lgan mavzularda muhokama markazida bo‘ldi.