EXTRAVERT — bu ichki makonning manifestga aylanishi
EXTRAVERT brendi — bu uslub, kuch va ifodaviylikni tanlaydiganlar uchun yaratilgan. Bu shunchaki interyer buyumlari emas — bu detallar orqali ifodalangan arxitektura, shakldagi hissiyot, rangdagi erkinlikdir. Har bir EXTRAVERT mahsuloti nigohni o‘ziga tortadi va makonga o‘ziga xos xarakter bag‘ishlaydi.
EXTRAVERT’ni boshqalardan ajratib turadigan jihatlar:
-
Oddiy qolipdan chiqadigan geometrik va yorqin shakllar;
-
Kayfiyat yaratadigan boy va chuqur ranglar palitrasi;
-
Tekstura va mustahkamlikka urg‘u berilgan zamonaviy materiallardan foydalanish;
-
Ichki olamini ochiq ifodalashdan cho‘chimaydiganlar uchun mos jasur estetika.
EXTRAVERT — bu noodatiy yechimlarni izlaydigan, o‘ziga ishongan, kreaktiv insonlarning tanlovi. Bu — har bir mahsuloti o‘z fikrini bildiradigan estetik yondashuvdir.
Agar sizni o‘ziga xoslik, xarizma va kuchga ega interyer ilhomlantirsa — demak, EXTRAVERT aynan siz uchun yaratilgan.
EXTRAVERT dunyo miqyosidagi nom qozongan Yevropa kompaniyalari tomonidan shakllangan unumdor zamin ustida o‘sdi.
2023-yil may oyida EXTRAVERT brendi Rossiya bayrog‘i ostida yangilangan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Avvalgi ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi tajribalari saqlab qolindi va yanada rivojlantirildi: uskunalar modernizatsiya qilindi, mahsulotlarning o‘lchamlari va konfiguratsiyalarini ishlab chiqarish imkoniyatlari kengaytirildi. Yevropa sifat va ekologik standartlari ishlab chiqarish jarayonining asosiga aylandi va brend falsafasining ajralmas qismiga aylandi.
EXTRAVERT zavodining kelgusi rivojlanish strategik yo‘nalishi sifatida ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ mas’uliyat) konsepsiyasi belgilangandir.