Toshkentda Yevropaning yetakchi brendlari — Laminam va Geberitning yangi qo‘shma shourumi ochildi. Endilikda dizaynerlar, me’morlar va sifatli interyer ishqibozlari bir joyning o‘zida Laminamning yirik formatli keramik plitalari hamda Geberitning innovatsion sanitariya yechimlari bilan tanishishlari mumkin.
Laminam — bu italyan didi va uslubining arxitektura yuzalarida ifodasi. Keramogranit panellari nafaqat estetik jihatdan, balki mustahkamlik, zarbalarga chidamlilik va ko‘p qirraliligi bilan ham hayratlantiradi.
Geberit — sanitariya tizimlari sohasida jahon yetakchisi bo‘lib, texnologik, qulay va bardoshli mahsulotlar taklif etadi. Shourumda installyatsiyalar, unitazlar, suv chiqarish panellari va hammomda qulaylikni ta’minlovchi boshqa elementlar namoyish etilgan.
Ushbu qo‘shma shourum dizayn g‘oyalari va muhandislik yechimlari uchrashadigan noyob maydonchaga aylandi. Bu yerda siz real interyer namunalari bilan tanishishingiz, kerakli materiallarni tanlashingiz, professional maslahat olishingiz va yangi loyihalar uchun ilhom topishingiz mumkin.
Sizni Toshkentdagi yangi shourumimizda kutib qolamiz!