Geberit kompaniyasi Toshkentda interyer dizaynerlari uchun taqdimot o‘tkazib, sanitariya va muhandislik tizimlari sohasidagi zamonaviy yechimlarni muhokama qilish uchun professional hamjamiyatni bir joyga jamladi.
Tadbir davomida brend mutaxassislari Geberit’ning yangi mahsulotlari, installyatsiya tizimlarining xususiyatlari hamda turli xil yuvish tugmalarini interyer loyihalarida qo‘llash imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Mehmonlar rang va material bo‘yicha dolzarb yechimlarni ko‘rib chiqish, modellarning farqlarini solishtirish va mahsulotning funksional imkoniyatlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Taqdimot faol va mazmunli o‘tdi: ishtirokchilar savollar berib, tajriba almashdilar va Geberit uskunalaridan foydalanishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.
Ushbu tadbir O‘zbekiston dizaynerlar hamjamiyati bilan hamkorlikni mustahkamlash va bilim almashish uchun muhim maydonga aylandi.