Design Week doirasida xalqaro brendlarni O‘zbekiston bozoriga integratsiya qilish mavzusida panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir biznes vakillari, dizaynerlar va soha ekspertlarini birlashtirdi.
Ishtirokchilar xalqaro brendlar mahalliy bozorga kirishda duch keladigan o‘ziga xos jihatlar, madaniy kontekst, iste’molchi odatlari va mintaqaning me’moriy muhitini inobatga olish masalalarini muhokama qildilar. Dizaynning moslashuv vositasi sifatidagi roli, shuningdek, mahalliy hamkorlar va professional hamjamiyat bilan hamkorlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokama davomida amaliy кейslar, muvaffaqiyatli integratsiya bo‘yicha real misollar hamda O‘zbekiston bozorining xalqaro brendlar uchun o‘sish nuqtasi sifatidagi istiqbollari yuzasidan fikrlar bildirildi.
Panel sessiyasi ochiq muloqot, tajriba almashish va yangi professional aloqalarni shakllantirish uchun muhim maydonga aylanib, Design Week’ning dizayn, biznes va madaniyatni birlashtiruvchi tadbir sifatidagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.