Bostik — yelimli yechimlar sohasidagi innovatsion yetakchi.
Yelim materiallari industriyasi qurilish va ta’mirdan tortib ishlab chiqarish va avtomobil sanoatigacha — hayotimizning turli sohalarida nihoyatda muhim rol o‘ynaydi. Bu sohadagi global yetakchilardan biri Bostik brendi bo‘lib, u bozor ehtiyojlarini anglagan va innovatsiyalarga sodiq qolgan holda yuqori sifatli yelim mahsulotlarining keng ko‘lamini ishlab chiqdi.
Bostik brendi tarixi
Bostik 1889-yilda ta’sis etilgan va o‘shandan buyon yelimli yechimlar sohasida eng mashhur xalqaro brendlardan biri sanaladi. Kompaniya muntazam rivojlanib kelgan va bozorning o‘zgaruvchan talablari hamda mijozlar ehtiyojlariga moslashgan. Bugungi kunda Bostik maxsus kimyoviy materiallar sohasidagi global yetakchi — “Arkema Group” kompaniyasining tarkibiga kiradi.
Assortiment
Bostik qurilish va ta’mirlashda qishlatiladigan keng ko‘lamdagi yelimlar va germetiklar, jumladan plitalar uchun yelim, montaj yelimi, parket yelimi, silikon germetiklari va boshqa ko‘plab mahsulotlarni taklif etadi.
Bostik hamisha innovatsiyalar va mahsulot sifatini o‘z faoliyati markazida ko‘radi. Eng yuqori sifat standartlariga mos keluvchi va mijozlarning real ehtiyojlarini hal qiluvchi mahsulotlarni yaratish uchun kompaniya muntazam ravishda tadqiqotlar va ishlanmalarga investitsiya kiritadi. Shu sababli Bostik ishonchli va innovatsion brend obro‘siga ega bo‘ldi.
Bostik yelimi va germetigi bir qancha afzalliklarga ega bo‘lib, ular mahsulotni ko‘plab iste’molchilar uchun maqbul tanlovga aylantiradi. Bostik yelimi va germetigining afzalliklaridan ayrimlari:
1. Yuqori sifat. Bostik o‘z mahsulotlarining a’lo sifati bilan mashhur. Kompaniya muntazam takomillashuvga intiladi va eng yuqori sifatga ega mahsulotlarni taklif etish uchun tadqiqotlar va ishlanmalarga investitsiyalar kiritadi.
2. Mustahkam birikish. Bostik yelim va germetigi ishonchli va mustahkam birikishni ta’minlaydi. Ular chidamlilikni va turli foydalanish sharoitlariga barqarorlikni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.
3. . Universallik. Bostik mahsulotlarini qo‘llash qamrovi keng. Ularni turli tarmoqlarda, jumladan qurilish, ta’mirlash, avtomobil sanoati, elektronika va boshqa tarmoqlarda qo‘llash mumkin.
4. Qo‘llashning yengilligi. Bostik o‘z mahsulotlarining foydalanish uchun qulay bo‘lishiga intiladi. Yelim va germetik odatda sodda va qulay shaklga ega, bu oson va aniq surtilishni ta’minlaydi.
5. Innovatsiyalar. Bostik yelimli yechimlar sohasida innovatsion yetakchi sanaladi. Bozor ehtiyojlariga javob berish va o‘z mijozlariga yetakchi yechimlarni taklif etish uchun kompaniya muntazam ravishda yangi texnologiyalar va mahsulotlarni ishlab chiqadi.
6. Ekologik mas’uliyat. Bostik barqaror rivojlanish tamoyillariga va ekologik mas’uliyatga rioya etadi. Bostik'ning ko‘plab mahsulotlari atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirni kamaytirish inobatga olingan holda ishlab chiqiladi.
7.Jahon miqyosidagi e’tirof va obro‘. Bostik brendi butun dunyoda mashhur va e’tirof etilgan. Kompaniya uzoq muvaffaqiyat tarixiga ega va uning mahsulotlari ko‘plab tarmoqlarda va mintaqalarda keng qo‘llanadi.