22-sentyabrda Turkiya mustaqil sanoatchilari va tadbirkorlarining eng yirik Uyushmasi (MUSIAD) ishtirokida Toshkentda biznes-forum boʻlib oʻtdi.
Bizning kompaniyamiz qurilish industriyasi vakillari bilan ikki taraflama muzokaralarda ishtirok etdi, ular bilan Oʻzbekistondagi ushbu sohaning rivojlanish istiqbollari, hamkorlik masalalarini muhokama qildi hamda delegatsiya aʼzolarini KS Group faoliyati bilan tanishtirdi.
MUSIAD — 60 000 ta korxonani oʻz ichiga olgan, dunyoning 81 davlatida ofislarga ega boʻlgan Turkiyaning eng yirik biznes uyushmasi.
Ta’kidlash joizki, mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad qurilish industriyasi, transport va logistika, oziq-ovqat, neft va metallurgiya sanoati, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borishdan iborat.